Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti kо‘rgazmalar zalida Tasviriy san’at fakulteti Dastgohli rangtasvir ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Abdumuminova Madinaning “Qalbim Choshgohi” nomli shaxsiy kо‘rgazmasining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Tadbir avvalida sо‘zga chiqqan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Dilafrо‘z Qurbonova bugun yurtimizda yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorlarini namoyon qilishga barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilganini, о‘z navbatida, yoshlar ham bu berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda kо‘plab yutuqlarni qо‘lga kiritib, xalqimizga munosib inson bо‘lib voyaga yetayotganini alohida ta’kidlab, bugun kо‘rgazmadagi ijodiy ishlarda ham Vatanga bо‘lgan muhabbat, ertangi kunga bо‘lgan yuksak ishonch ajoyib ranglar va san’atkorona talqin vositasida ifodalanganini, bu yutuqlarda esa ustozlarning xizmati katta ekanligini e’tirof etdi.
Shuningdek, О‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixodjayev hamda yosh ijodkorning ustozlari va tengdoshlari bugun talabalarning qо‘lga kiritayotgan yutuqlarida yurtimizda san’at va madaniyatga qaratilayotgan e’tibor, institutda yaratilgan ijodiy muhitning ahamiyati beqiyos ekanligini qayd etdi.
Kо‘rgazmada namoyish etilgan “Ustaxona”, “Yog‘och о‘ymakorlari”, “Mening qishlog‘im”, “Tush”, “Samovarli natyurmort”, “Mehmonga”, “Onalik baxti”, “Tun”, “Sumalak” va boshqa kо‘plab ijodiy asarlarga nazar solar ekansiz, Madinaning о‘z uslubi va yо‘nalishi shakllanib borayotgani, asarlarida hayotga, voqea-hodisalarga nisbatan ijobiy kayfiyat ustun turishini, yangi nazar va dunyoqarashga ega ekanligiga guvoh bо‘lasiz.
Tadbirda Madina Abdumuminova diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.