“Iste’dodlar maskani-2022” tantanali taqdirlash marosimi

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2021-2022 о‘quv yili davomida о‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashgan, о‘qish va jamoat ishlarida faol bо‘lgan, samarali faoliyati bilan boshqalarga о‘rnak bо‘lib kelayotgan institut professor-о‘qituvchilari, ishchi xodimlari hamda talaba-yoshlarni ma’naviy rag‘batlantirish, bitiruvchi magistrlarga diplom topshirish marosimini о‘z ichiga olgan tantanali “Iste’dodlar maskani – 2022” deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni institut rektori Abbosjon Mirzarahimov ochib berar ekan: “Bu dargohdagi barcha-barcha  yoshlarimiz iste’dodli.  Sababi bu institutga faqat iste’dodi boryoshlargina kira oladi. Shunday ekayen,  men haqiqiy iste’dodli yoshlarimizni, qadrli ustozlarimizni bugungi kun bilan tabriklayman”, –  dedi.

Tadbirda “Iste’dodlar maskani – 2022” nominatsiya g‘olib va sovrindorlari:

– “Badiiy ta’lim rivojiga qо‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi dotsenti Safi Mariya;

– “Institut ilmiy faoliyatini rivojlantirishga qо‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bо‘yicha institut ilmiy kotibi, faxriy xodimlardan biri Akbarova Xolbuvi;

 – “Yilning eng faol tyutori” nominatsiyasi bо‘yicha Amaliy san’at va dizayn fakulteti tyutori Sodiqova Nigoraxon;

 – “Yilning eng yaxshi jamoat tashkilotchisi” nominatsiyasi bо‘yicha “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi mudiri, institut kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi Norchayev Ravshan;

 –  “2021-2022 о‘quv yilida institutning tijoratlashtirish yо‘nalishidagi faol xizmatlari uchun”  nominatsiyasi bо‘yicha “Muzeyshunoslik” kafedrasi dotsenti Nishanova Kamola;

 – “2021-2022 о‘quv yili yakunlari bо‘yicha” nominatsiyasi bо‘yicha Tasviriy san’at fakulteti dekani Jumaniyazov Shixnazar;

 – “2021-2022 о‘quv yili yakunlari bо‘yicha” nominatsiyasi bо‘yicha Amaliy san’at va dizayn fakulteti dekani Narziyeva Yulduz;

 “Yilning eng faol xodimi” nominatsiyasi bо‘yicha:

– Institut Axborot resurs markazi direktori Sagidullina Safiya;

– Texnik-foydalanish va xо‘jalik bо‘limi santexnigi Yangiyev Sadriddin;

– Institut о‘quv binosi farroshi Babayeva Shafoatlar diplom va maxsus sovg‘a bilan taqdirlanishdi.

 Shuningdek, “Yilning eng faol pedagogi”, “2021-2022 о‘quv yilida о‘quv jarayonalariga qо‘shgan hissasi uchun”, “2021-2022 о‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy yо‘nalishdagi faoliyati uchun” nominatsiyasilari  bо‘yicha bir qator kafedra mudirlari, dotsentlar va о‘qituvchilari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Tadbir davomida  2021-2022 о‘quv yili mobaynida namunali xulqi, odobi, о‘qish va jamoat ishlaridagi faolligi bilan о‘rnak bо‘lgan talabalarni e’tirof etgan holda “Yilning eng faol bitiruvchi talabasi”, О‘qish va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun”, “Yilning eng faol bitiruvchi magistranti” nominatsiyasilari bо‘yicha bir qator talabalarga, bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

 Barcha taqdirlanganlarni institut jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Tadbir yakunida Tasviriy va amaliy san’at mutaxassisligi magistranti Javohirbek Niyazov:

  – Biz institutimizdan minnatdormiz. Bu dargohda ta’lim olishimizda institut rahbari,  ustozlarimiz,  shuningdek, xonalarimizni doimo ozoda saqlagan farrosh opalarimizning ham xizmati katta bо‘ldi.  Shu fursatdan foydalanib, men barcha-barchalariga tashakkur aytaman va kelgusida ustozlarimning о‘gitlariga amal qilib, ularning bergan bilimi va bildirgan ishonchlarini oqlashga harakat qilaman.

 

 Biz bitiruvchi magistrlar barcha ustozlarimizga va bizni qо‘llab-quvvatlagan dо‘stlarimizga cheksiz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, – dedi.

 

 Institut jamoasi magistr- yoshlarimizni samimiy muborakbod etgan holda, ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!