Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari joriy yilning 7-14 iyul kunlari Belarus respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida xalqaro plenerda ishtirok etishdi.
Talabalar nafaqat Belarus, balki ushbu plenerda ishtirok etayotgan bir qator rivojlangan davlatlardan kelgan talabalar orasida ham о‘zlarining ijodiy salohiyati naqadar baland ekanligini namoyon etishdi.
Grodno davlat universiteti ustozlari, san’atshunos rassomlari О‘zbekiston talabalari yuksak qobiliyati bilan kо‘pchilikning e’tibori va olqishiga sazovor bо‘lishganini alohida ta’kidlashdi. Ushbu fikrlar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga, shuningdek, talabalarga ta’lim, tarbiya berayotgan ustozlarga berilgan arzirli bahodir.