MUHIM XUSHXABAR!

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi”ning 2022-yilgi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 691-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining tegishli buyrug‘i bilan tuzilgan ekspert guruhining tegishli qarori bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining quyidagi 4 nafar iqtidorli va ijodkor talabalari tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Abdumo‘minova Madinabonu Mirzabahrom qizi – Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;

Hotamov Asliddinxo‘ja Oybek o‘g‘li – Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi  yo‘nalishi 3-kurs talabasi;

Rahmatullayev Asadbek Abdulla o‘g‘li – Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;

Bahodirov Shahzod Laziz o‘g‘li – San’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

Institut rahbariyati g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iste’dodli talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etgan holda ularning kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!