Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yettinchi kuni ham samarali tashkil etildi.
San’atshunoslik: (tasviriy va amaliy san’at) ta’lim yo‘nalishida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 150 nafardan ortiq abituriyentlar o‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda institutning mas’ul xodimlari birgalikda mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib borishmoqda.
MRDI Matbuot xizmati