Tashabbus g’olib deb topildi!

Xabaringiz bor, bir necha kun davomida openbudjet.uz platformasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetining moddiy-texnik bazasini boyitish, talabalarga qulay sharoitlar yaratish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida – Ochiq byudjet portaliga murojaat qilinib, ovoz berish jarayonlari bo‘layotgan edi.

 

Ovoz berish jarayonida institut jamoasining faolligi va tashabbuskorligi bilan bugun g‘oliblar qatoridan o‘rin egalladik!

 

 

Barchani ushbu quvonchli g‘alaba bilan muborakbod etamiz!