XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida institut talabalari ishtirok etishdi.

“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga institut talabalari ham tashrif buyurishdi.

 

“Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ushbu xalqaro kinofestivalga dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq kinematograflari ishtirok etmoqda. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

 

Kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining bir qancha talaba-yoshlari festival doirasidagi “Kinolar kuni”ga tashrif buyurishdi.

 

Ma’lumot uchun Toshkent xalqaro kinofestivali — ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan biri hisoblanib, 1968 yildan beri o‘tkazilib kelinadi.