Tashabbuskor talabalar orasidan yoshlar yetakchilari saylandi!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Yoshlar yetakchisini tayinlash uchun hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tanlov komissiyasining suhbat natijasi qaroriga binoan Sa’dullayev Jamoliddin Kamol o‘g‘li institut yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlangan edi. Tadbir avvalida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Botir Sangirov yig‘ilganlarga yangi tayinlangan yetakchini tanishtirar ekan, kelgusida yoshlar hayotida tub burilishlar yasaydigan, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tadbiq etadigan, tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

 

Fakultet hisobot-saylov yig‘ilishi mobaynida ma’suliyatli lavozimga tayinlangan Jamoliddinning o‘quv yili mobaynida amalga oshiradigan g‘oya va tashabbuslari yuzasidan hisoboti tinglandi.

 

Shundan so‘ng fakultet dekani Sayyora Saidova fakultet yoshlar yetakchisi lavozimi uchun da’vogarlik qilayotgan nomzodlarni birma-bir tanishtirib o‘tar ekan, institut hayotida o‘z o‘rniga ega zukko va lider yoshlar orasidan saralab olingan 3 nafar nomzod to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Saylov-yig‘ilishi mobaynida nomzodlarning saylov oldi dasturlari tinglandi va fakultet talabalari tomonidan ochiq ovozga qo‘yish yo‘li orqali ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayonlari bevosita saylov komissiyasi Prezidiumlari tomonidan nazorat qilib borildi.

 

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra:

 

✅ Sobirov Hojimurod Mirzali o‘g‘li – 14 ta ovoz

✅ Xolmurodov Xushnud Iskandar o‘g‘li – 22 ta ovoz

✅ Irgasheva Sojida G‘olib qizi – 35 ta ovoz to‘pladi.

Talaba-yoshlar tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan nomzod – “Muzey menejmenti va madaniy turizm” ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Irgasheva Sojida G‘olib qizi San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti yoshlar yetakchisi lavozimiga saylandi.

 

🔰 Sojidaning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!