Zakovatli yoshlar yana katta maydonda!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning har payshanba kunida o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining uchinchi tur musobaqalari tashkil etildi. O‘yin jarayonlari klub koordinatori Sarvar Musurmonov tomonidan samarali tarzda olib borildi.

 

Institutning eng zukko va zehnli yoshlaridan iborat 17 ta jamoa o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

 

O‘yin jarayonlari bevosida Ijtimoiy-ma’naviy muhim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Botir Sangirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ozoda Hakimova hamda institut yoshlar yetakchisi Jamoliddin Sa’dullayevlar tomonidan nazoratga olindi hamda barcha jamoalar odilona va shaffof tarzda baholab borildi.

 

Ikkinchi tur o‘yinlari davomida eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar va eng bilimdon talaba-yoshlar alohida e’tirof etib o‘tilar ekan, klub koordinatori tomonidan kelgusidagi tur o‘yinlarida ham faollik va bilimdonlik shohsupalarini boy bermasliklari ta’kidlandi.

 

Ma’lumot uchun intellektual bilim musobaqasining uchinchi tur bellashuvlari 29-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.