“Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti Imyar Mansurovning tavallud kuni.

4-oktabr sanasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti, taniqli ijodkor Imyar Mansurov tavallud topgan kun.

Shu munosabat bilan institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Botir Sangirov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Hasan Qaytarov, Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamda kafedra a’zolari ustozni samimiy muborakbod etishdi hamda institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tabrigi, ezgu tilaklari hamda diplom va esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.

 

Imyar Mansurov 1947-yil 4-oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Jarkent  tumanida tavallud topgan. Bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

Institutning ilmiy-ijodiy ishlardagi yutuqlarida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan yetuk  pedagoglardan. O‘zining ellik  yillik ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyatida mingdan ortiq ijodiy asarlarini yaratgan.

Xitoy, Fransiya, Marokko, Hindiston, Germaniya, Qozog‘iston Respublikasida shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazgan va uning bir necha ijodiy asarlari boshqa xorijiy davlatlar muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda. 2000-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Kumush” medali bilan taqdirlandi. 2002-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni sohibi bo‘lgan. 2007-yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan “Oltin” medal bilan taqdirlangan.

 

2017-yilda “O‘zbekiston tasviriy san’atiga qo‘shgan yuksak ijodiy hissasi uchun” diplomi bilan taqdirlangan.

 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi nomidan Imyar Mansurovni qutlug‘ 75 yoshlari bilan samimiy muborakbod etgan holda ustozga sihat-salomatlik hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Institut jamoasi.