Targ’ibotchi yoshlar tashabbusi!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i Obidjon Abdullayev boshchiligida Tasviriy san’at fakultetining eng faol targ‘ibotchi talabalari tomonidan Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Ohangaron tumani 31-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Ustoz-shogird” an’anasiga tayanib, mahorat darslari о‘tkazildi hamda talabalarning ijodiy ishlari kо‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ijodiy uchrashuvda maktab о‘quvchilarga Xilola Yо‘ldosheva rantasvir sir-asrorlari bо‘yicha “Natyurmort” janrida, Asliddinxо‘ja Hotamov “Multfilm animatsiyasi” mavzusida, Nilufar Ahmadaliyeva esa “Miniatyura asarini yaratilishi” mavzusida qiziqarli mahorat darslarini о‘tib berishdi.

 

Talabalarning ijodiy ishlari kо‘rgazmasi va mahorat darslari о‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar о‘quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.

MRDI Matbuot xizmati