XALQARO ILMIY ANJUMANGA MARXAMAT!

19-oktabr kuni soat 11:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining anjumanlar zalida “Kamoliddin Behzod ijodi jahon olimlari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tadi.

⚡Xalqaro ilmiy anjuman doirasida institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan “Kamoliddin Behzod izdoshlari” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.