INFOLIB O‘ZBEKISTON–2022

Joriy yilning 31-oktabr sanasidan 4-noyabr sanasiga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2022” XI Milliy axborot kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tayotganligidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bugun haftalik doirasida II “Yosh kutubxonachilar” forumi tashkil etildi. Haftalikda yurtimizning barcha axborot-kutubxona markazlari xodimlari bilan bir qatorda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sevara Jumayeva boshchiligida talaba-yoshlar ham munosib ishtirok etishdi.