Yoshlar o‘rtasida navbatdagi profiliktik davra suhbati o‘tkazildi.
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish hamda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” yuzasidan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Talabalar tomonidan turli huquqbuzarlik holatlarining sodir etilishini oldini olish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu muammolarning ijobiy hal etilishi yuzasidan mazkur tadbirga Mirobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, leytenant Suhrob Soyimov mehmon sifatida tashrif buyurdi.
Respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Profilaktika katta inspektori Ulug‘bek Mirsolihov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish zarurligi haqida so‘z yuritdi.