“Wunderkind” maktabida ustozlar va talabalar tomonidan mahorat darslar o‘tkazildi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy sanat va dizayn fakulteti dotsenti Oybek Qosimov tashabbusi bilan Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Wunderkind” maktabida ustozlar va talabalar tomonidan mahorat darslar o‘tkazildi. Mahorat darslari dizayn, badiiy foto, kulolchilik, miniatyura kabi turli yo‘nalishlarda o‘tkazildi. Unda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etishdi.
Ushbu darslarda badiiy foto yo‘nalishi bo‘yicha – ustoz Bahodir Ayupov talabalar – Abdurahmon To‘rayev, Azbar Usmonovlar bilan birga, Miniatyura yunalishi bo‘yicha – ustozi Behzod Xodjimetov, Halimaxon Olimjonova, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha – ustoz Feruz Islamov, talaba Yangiljon Saburova bilan birgalikda, Dizayn yo‘nalishi bo‘yicha – ustoz Oybek Qosimov, talabalar Mohinur Nurillayeva va Nigora Rashidovalar bilan birgalikda, Interer yo‘nalishi bo‘yicha – ustoz Nilufar Mannopova talaba Zahro Abdukarimova bilan birgalikda, Sanoat dizayni bo‘yicha – ustoz Saipova Dilnoza talabalar Abdusamatova Zilola, Begijon Abduqahhorovlar bilan birgalikda, Kulolchilik yo‘nalishi bo‘yicha – ustoz Komil Sidiqov, talaba Samandar Jo‘rayevlar bilan birgalikda mahorat darslarini yuqori kayfiyatda o‘tkazib berishdi.
Maktab rahbariyati institut rahbariyati, ustoz va talabalariga minnatdorchilik bildirib, ularga diplom va tashakkurnomalar taqdim etishdi.