Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetida foto-tanlovga start berildi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talabalar @djurayev2144 telegram elektron manziliga “Talabalik davrim” mavzusidagi badiiy-ijodiy foto-suratlarni 16-noyabr sanasiga qadar yuborishlari kerak.
Eng yaxshi fotolar 17-noyabr kuni institutning @mrdi24yangiliklar telegramm kanali orqali e’lon qilinadi.
Foto-tanlov g‘oliblari to‘plangan “layk”lar soni orqali aniqlanadi.