O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Izlam” rukni ostida chop etilgan to‘qqiz nafar yosh va iste’dodli ijodkorlarning mualliflik kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur ijodkorlar orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti Madina Norchayevaning ham “Qumaru” nomli she’riy to‘plami o‘rin olgan.