O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosi yuzasidan, talaba-yoshlarni iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kuni kecha “Zakovat” intellektual o‘yinlarining yettinchi tur musobaqalari tashkil etildi. O‘yin jarayonlari klub koordinatori Sarvar Musurmonov tomonidan samarali tarzda olib borildi.