Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida har hafta o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Talabalar oqshomi” tadbiri bu safar she’riyatga oshno yoshlarni birlashtirdi. Kuni kecha Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani Sayyora Saidova boshchiligida “Muzeyshunoslik”’ kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga keng jalb qilish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Gul bazmi” (Bahru bayt) sheʼrxonlik kechasi yuqori shukuhda tashkil etildi.