O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-noyabr — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni “Umumxalq bayrami” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Ravshan Norchayev tashabbusi bilan bugun institut professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” bosh gʻoyasiga asoslangan “Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy inson (xodim, pedagog) uchun asosiy mezon” shiori ostidagi sport musobaqalari boshlandi.
Ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar oʻrtasida sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari boʻyicha o‘tkazilgan musobaqalarning dastlabki bosqichida 50 ga yaqin sportsevarlar ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqalar noyabr oyi davomida sportning beshta turi boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazib boriladi. Musobaqa gʻoliblari va barcha faol ishtirokchilar institut Kasaba uyushmasi qoʻmitasi mablag‘lari hisobidan munosib tarzda taqdirlanadi. Ushbu sport musobaqalarida institutning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlarini faollikka chorlab qolamiz!