🟢Talabalar festivali – 2-KUN!

Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Har yili Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantanalar bilan yurtimiz bo’ylab keng nishonlanib kelinmoqda.

Kecha “Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali”ning ikkinchi kunida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi namunali orkestrining bayram dasturi ham yuqori shukuhda va ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. U xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.  “Talabalar festivali” doirasida milliy o’zligimiz ramzi hisoblangan, xalqimiz madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida e’tirof etiladigan Bayrog’imizni ijodkor yoshlar orasida yanada ulug’lash maqsadida ushbu bayram dasturi o’tkazildi. 

Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yo‘li va har birimizning hayot yo‘limiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda to‘q yashil rang kabi farovon bo‘lsin.