O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori ijrosini yuzasidan, yoshlarni badiiy axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, ularning maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish hamda madaniy darajasini oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Yosh havaskorlar” amaliy sanʼat tanlovida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy sanʼat va dizayn fakulteti talabasi Zarina Husenova respublika miqyosida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.