Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning doimo ayollarni qo’llab-quvvatlash, har tomonlama ko’mak berishga qaratilgan tashabbuslari bugun minglab xotin-qizlarning qalbida ishonch, shijoat hamda minnatdorlik tuyg’ularini uyg’otmoqda, “Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali” doirasida institutning Amaliy san’at va dizayn fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida tadbirkor ayollar ishtirokidagi davra uchrashuvi o’tkazildi.
Davra uchrashuvida “Az Ixlos” advokatlik firmasi advokati Durdona Nazarova va “Zebuzal Ziyoda zarlari” MCHJ rahbari Aysuluv Jo’rayevalar mehmon sifatida ishtirok etishib, tadbirkor ayol yetakchisining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Suhbat davomida talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda ularni qiziqtirayotgan mavzular ham yoritib o‘tildi.