BAYRAM TABRIGI!

Aziz Ustozlar!  Qadrli talaba-yoshlar!

Bugun yurtimizda katta shodiyona va hursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi keng nishonlanmoqda.

Avvalambor Sizlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ustozlarimiz tajribasini qadrlagan holda ularning bilim va malakalarini oʻrganish,  yoshlarning har tomonlama barkamol, komil inson boʻlib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyat yaratilmoqda. 

Asosiysi,  zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yoʻnalishiga aylandi. Buning natijasida esa ustozlarga ham, yoshlarga ham barcha imkoniyatlar eshiklari ochiqdir.

Bugun oʻz oldiga katta maqsadlarni qoʻyib,  ezgulik yoʻliga chiqqan, xalqimiz ishonchini oqlash uchun harakatdan toʻxtamayotgan Ustoz-murabbiylar,  shijoatli talaba-yoshlar!

 Ishonamanki, Sizlar  ustoz-shogird anʼanasiga tayangan holda ahillik bilan faxr va gʻururimiz ramzi boʻlgan davlatimiz bayrogʻini yana-da koʻklarga koʻtarishga, dunyoga tanitishga oʻzingizni hissangiz qoʻsha olasiz! 

Sizlarni bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etgan holda barchangizga ulkan ijodiy zafarlar yor boʻlishini, Yangi Oʻzbekistonimiz hamda xalqimizning ertangi kelajagi boʻlib samarali faoliyat olib borishingizda kuch-quvvat tilab qolaman.

Abbosjon MIRZORAHIMOV, 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori