Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Uzbekistan Fashion Week-Digital III mavsumi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Fashion Week – bu xalqaro miqyosidagi ijodiy loyiha bo‘lib, u professional dizaynerlarga ham, yosh dizaynerlarga ham o‘z kolleksiyalarini namoyish qilishdek noyob imkoniyatni taqdim etdi. Quvonarlisi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti 3-bosqich talabasi Fazliddin Anvarov ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishida katta hissa qo’shib, tashkilotchilar safidan joy oldi. Yana bir jihati shundaki uning eskizlari asosida yaratilgan sahna dekoratsiyalari kelgan mehmon va ishtirokchilar katta taassurotlar qoldirdi.