Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani Sayyora Saidova boshchiligida tyutorlar Sarvar Musurmonov, Maftuna Toʻychiyeva hamda bir guruh talabalar Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahallasi Damariq 1-tor koʻchasi 5-xonadonda yolgʻiz istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 1947-yilda tugʻilgan Mordovina Galina Georgiyevnaning holidan xabar olindi. Xabar olish davomida mazkur xonadon hovlisi turli chiqindi va xazonlardan tozalanib, tartibga keltirildi. Xonadon egasi Galina Georgiyevna keksalarga mehr-muruvvat koʻrsatib kelayotgan institut rahbariyati hamda talabalarga oʻz minnatdorligini bildirdi.