Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6208-sonli Farmoniga asosan har bir oliy taʼlim muassasalari mahallalarga biriktirilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham 6 ta mahalla bilan samarali hamkorlik ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Yurtimizda 2022-yil “Inson qadri uchun” degan ulugʻvor gʻoya asosida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilindi va har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatning bosh mezoniga aylantirildi.
Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani Sayyora Saidova boshchiligida tyutorlar Sarvar Musurmonov, Maftuna Toʻychiyeva hamda bir guruh talabalar Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahallasi Damariq 1-tor koʻchasi 5-xonadonda yolgʻiz istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 1947-yilda tugʻilgan Mordovina Galina Georgiyevnaning holidan xabar olindi. Xabar olish davomida mazkur xonadon hovlisi turli chiqindi va xazonlardan tozalanib, tartibga keltirildi. Xonadon egasi Galina Georgiyevna keksalarga mehr-muruvvat koʻrsatib kelayotgan institut rahbariyati hamda talabalarga oʻz minnatdorligini bildirdi.