“Damariq” MFY bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda.
Jumladan, bugun fakultet dekani Shixnazar Jumaniyazov tashabbusi bilan fakultet tyutorlari 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mahallada istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan bir qancha yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi hamda ularga institut nomidan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etishdi.
О‘z о‘rnida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan hamyurtlarimiz institut rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bо‘lishini, xonadonlarimizdan tinchlik-xotirjamlik va qut-baraka arimasligini tilab duo qildilar. Mahalla raisi Shavkat Umarov ushbu hamkorlik aloqalarini davom ettirish va yanada kengaytirish taklifini bildirdi.