Talabalar turar joyida navbatdagi “Talabalar oqshomi” bo‘lib o’tdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning bо‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish bо‘yicha “Talabalar oqshomi” turkum tadbirlari davom etmoqda. Talabalar oqshomi tadbirlarining navbatdagi mehmoni taniqli kulgu va taqlid ustasi “Aristokratlar” kulgu jamoasi a’zosi, Aktyor shou kо‘rsatuvining birinchi mavsum g‘olibi Sardor Abdumannonov bо‘ldi.

Tadbir avvalida mehmon о‘zining san’atga kirib kelishi, qiziqishlari, xususan, bugungi kunda yoshlar о‘rtasida ommaviylashib borayotgan “Aristokratlar” kulgu jamoasining tashkil etilishi, “Aktyor shou” kо‘rsatuvidagi ishtirok va gо‘liblik tо‘g‘risida fikrlarini bildirib о‘tdi.

Shundan sо‘ng taqlid san’atiga qiziquvchi yoshlar uchun kichik mahorat darsi о‘tkazilib, unda yoshlarga о‘z ustilarida ishlash va qaysi tomonlarini rivojlantirish bо‘yicha maslahatlar berib о‘tdi. Tadbir sо‘ngida о‘z repurtuaridan eng sara taqlid namunalarini ijro etib yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.