“Muzeylar – tarix tilsimoti, qadriyatlar beshigi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Xotin-qizlar Maslahat Kengashi raisi, “Muzeyshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Hasanova tashabbusi bilan kafedra o’qituvchisi Nasiba Sodiqova hamda fakultet talabalari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida seminar tashkil etildi.
“Muzeylar – tarix tilsimoti, qadriyatlar beshigi” mavzusidagi mazkur seminarda muzeylarning tashkil etilishi nazariyalari, dunyo mamlakatlari va yurtimizdagi an’anaviy va noan’anaviy muzeylar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan O‘zbekiston va jahon muzeylari faoliyatini aks ettiruvchi taqdimotli ma’ruza ham namoyish etildi.