Inson umrining asl mazmuni doimo yaxshilik qilish!
Inson umrining asl mazmuni doimo yaxshilik qilish hamda o‘z yurtiga, xalqiga oz bo‘lsa-da naf keltirishida desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.Bugun huddi shu maqsadni kо‘zlagan Tasviriy san’at fakultetining iqtidorli talabalari – Azizaxon Shoymurodova, Diyorbek Shayxnazarov, Furqat Rayimov, Shohruh Suyunov, Yulduz Norboyeva hamda Madina Tо‘xtayevalar fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Salim Madartov, tyutorlar Salomat Isaqulova va Ozod Saidovlar boshchiligida Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabida bo’lib, bir-biridan ajoyib mahorat darslarini tashkil etishdi.
Tadbir avvalida R.Glier nomli musiqa maktabi о‘quvchilari maktabda ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlar uchun musiqiy chiqish uyushtirishdi. Tasviriy san’at fakulteti talabalari esa Art terapiya nomli tadbir о‘tkazdi. Unda maktab о‘quvchilari suratlarning chizilish jarayonini kuzatish, shu bilan birga о‘zlari ham bо‘yoqlar yordamida surat yaralishiga hissa qо‘shish imkoniga ega bо‘ldilar.
Darhaqiqat, imkoniyati cheklangan bolalarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat bo’lish, qalbiga quloq solish, dardini bilish va amaliy ko’mak berish savobli ishdir. Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy koʻrinishidir! Shunday ekan, barchamizga mehr-oqibat doimo hamroh boʻlsin!
Tadbir mobaynida iste’dodli talabalardan biri Shohruh Suyunov tomonidan bolajonlar uchun multiqahramon surati chizilib, maktabga taqdim etildi. Tadbir sо‘ngida maktab rahbariyati ushbu ezgu ish tashkilotchilariga о‘z minnatdorligini bildirib, hamkorlikni yana davom ettirish taklifini bildirdi.