Ayni kunda insoniyat eng katta dushmanlaridan biri, shubhasiz, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligi hisoblanadi. Uning darajasi va xavfi haqida aholiga, ayniqsa, yosh avlodga tushuncha berish, ularning bu bedavo dardga chalinishlarini oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Shularni inobatga olgan holda bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Tyutorlari – Salomat Isaqulova, Ozod Saidov, Nilufar Abdullayeva hamda Doniyor Mulladjanovlar tomonidan OITS – asr vabosi nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir ikki qismdan iborat bо‘ldi.