“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari, ildizlariga tayanilgan jahon tajribasi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda yaratilgan. Konstitutsiya erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir. 

 

Davlatimiz Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Botir Sangirov kirish so’zi bilan ochib berar ekan, qomusiy kitobimizning dastlabgi yaratilishida o’z hissasini qo’shgan va bugungi davra suhbatiga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirib o’tdi.

Tadbir mobaynida davlat va jamoat arbobi, Konstitutsiyamizni tayyorlash ishchi guruhi a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor, 650 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi Narzulla Jo‘rayev, Konstitutsiyamizni tayyorlash ishchi guruhi a’zosi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi, Oliy Majlis Kengashi a’zosi, О‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Markaziy Kengashining hamda О‘zbekiston Qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining “Vatan” xayriya fondi raisining birinchi о‘rinbosari Bо‘ritosh Shodiyeva, Birinchi darajali Mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasi Blyard sport federatsiyasi prezidenti, Respublika Davlat xavfsizlik xizmatining Faxriylar boshqaruv kengashi a’zosi, General mayor O’tkir Komilovlar so’zga chiqib qomusiy kitobimiz yaratilish bosqichlari va jarayonlari to’g’risida so’z yuritishdi.

Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qiziqarli ma’lumotlardan iborat ma’ruzalar yakunida ustoz mehmonlarga institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, ustoz Narzulla Jo‘rayevning 70 yillik yubileyi munosabati bilan institut rahbariyatining tabrigi o‘qib eshittirildi hamda ustozning tavallud ayyomi bilan muborakbod etildi. Ko‘p yillik mehnat faoliyati mobaynida, yurtimiz siyosatidagi tub islohotlarga munosib hissasini qo‘shgan, ko‘plab shogirdlar va siyosatshunoslarni yetishtirgan ustoz Narzulla Qosimovichni institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari nomidan yana bir bor samimiz qutlagan holda, mustahkam sog‘lik va oilaviy хotirjamlik tilaymiz.