Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari, ildizlariga tayanilgan jahon tajribasi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda yaratilgan. Konstitutsiya erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir.
Davlatimiz Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.