Ustoz-shogird an’analari davom etmoqda!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Jizzax ixtisoslashgan san’at maktab-internatida Kamoliddin  Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetining “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ustoz-shogird an’analarini davom ettirish maqsadida ijodiy kecha tashkil etildi. Ushbu ijodiy kechada “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalarining ijodiy ishlaridan  tashkil topgan ko‘rgazma tashkil etildi.