Ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutisiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari – Xodjatayeva Aziza, Mehmonova Anora, Tolibxonova Visola, Nuriddinov Ibrohim, Istamoshev Ulug’bek, Muxitov Mirodil, Abdullayev Umriazizlar tyutor Salomat Isaqulova boshchiligida Yakkasaroy tumanida joylashgan 118-maktabda “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” nomli tadbir tashkil etdilar.