Institut professori Sobirjon Rahmetov tavallud topgan kun

19-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi,  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  professori Sobirjon Rahmetov tavallud topgan kun!

Sobirjon Rahmetov 1952-yilda Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahrida tugʻilgan. 1979-y. I.Ye.Repin nomidagi Rangtasvir, haykaltaroshlik va meʼmorchilik instituti tamomlagan. Mehnat faoliyati mobaynida Toshkent teatr va rassomlik instituti chizmatasvir kafedrasi oʻqituvchisi, rassomlar uyushmasi ijodiy ustaxonasi rassomi, Toshkent teatr va rassomlik instituti chizmatasvir kafedrasi oʻqituvchisi, Toshkent davlat sanʼat instituti chizmatasvir kafedrasi katta oʻqituvchisi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tasviriy sanʼat fakulteti dekani, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi badiiy koʻrgazmalar direksiyasi direktori lavozimlarida sermahsul faoliyat olib borgan.