Doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilarning 2022-yil faoliyati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, joriy yilning 22-noyabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilar: 17.00.04 – “Tasviriy va amaliy bezak sanʼati”, 17.00.08 – “Sanʼat nazariyasi va tarixi”, 17.00.06 – “Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’yektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilarning yillik faoliyati yuzasidan monitoring boʻlib oʻtdi.
Mazkur monitoring ishchi guruh a’zolari: institut rektori, tarix fanlari nomzodi, professor, ishchi guruh raisi Abbosjon Mirzorahimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, tarix fanlari doktori (DSc), rais o’rinbosari Dilafro‘z Qurbonova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektor, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishchi guruh a’zosi Botir Sangirov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor, ishchi guruh a’zosi Hasan Qaytarovlar boshchiligida o‘tkazildi.
Shuningdek, “IIjtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent, ishchi guruh a’zosi Umida Utanova, “Muzeyshunoslik” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), ishchi guruh a’zosi Kamola Nishanova, “Dizayn” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), ishchi guruh a’zosi Oybek Qosimov, “San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), ishchi guruh a’zosi Nigora Kultasheva, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlash bo’limi boshlig’I, ishchi guruh a’zosi Suhrob Kurbanovlar ham ishtirok еtishdi.
Unda institutda tahsil olayotgan jami 39 nafar, shundan, 10 nafar tayanch doktorant, 1 nafar doktorant (DSc), 26 nafar mustaqil izlanuvchilar (PhD), 2 nafar mustaqil izlanuvchi (DSc)larning dissertatsiyalari holati, respublika va xorijiy jurnallarda nashr etilgan maqolalari, respublika va xorijiy konferensiyalardagi ishtiroki kо‘rib chiqildi. Monitoring komissiya ekspertlari institutning doktorant hamda mustaqil izlanuvchilariga kerakli tavsiyalarni berishdi.