🔆 WHY WE NEED LEARNING LANGUAGES?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori ijrosi yuzasidan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchi Sevara Jumayeva tomonidan Toshkent shahar Yuridik texnikumining “Yuridik xizmat” va “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchilariga “Why we need learning languages?”, “Real stories by real people” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening jarayonida o‘quvchilarga til o‘rganishning ahamiyati haqida tayyorlangan taqdimotlar asosida ma’lumotlar berildi.