Bugun Yakkasaroy tumanidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik!” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash maqsadida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Yakkasaroy tuman davlat xavfsizlik xizmati vakili, O‘zbekiston Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi O.Shukuritdinbekov, tuman IIO FMB mas’ul xodimi, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Mas’ul soha vakillari so‘zga chiqib milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo‘yicha tushuntirildi. Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o‘tkazib turishga kelishib olindi.