⚡️Bizning faxrli yoshlar!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetining izlanuvchan va intiluvchan  talabasi Mohinur Iminova joriy yilning fevral oyida bir nechta xalqaro tanlovlarning g‘olibasiga aylandi. Jumladan, Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan  “Марафон творчество” va Barselona shahrida o‘tkazilgan Ispaniya – Rossiya hamkorligidagi “GRAND SPAIN” xalqaro tanlov-festivallarining faxrli 1-o‘rin laureati hamda Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan “The Best STUDENT” xalqaro talabalar tanlovida Grand Prix sohibasi bo‘ldi.