Bolu Abant Izzet Baysal universiteti professori institutda!

Bugun, 23-fevral kuni Turkiya  Bolu Abant Izzet Baysal universiteti professori Ximmet Karadal Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Mehmon institutimiz ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv so‘ngida Bolu Abant Izzet Baysal universiteti bilan faol aloqalarni davom ettirish va anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.