⚜️ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI⚜️

Jahon san’atshunosligida zargarlik san’ati an’analarini saqlovchi va uzatuvchi vosita sifatida o‘rganish, texnologik taraqqiyot davrida zargarlarning yangilikka intilishini innovatsiyalar kesimida tadqiq etish, sohadagi san’at va sanoatning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01 – raqamli ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda  institutning mustaqil tadqiqotchisi Dadamuhamedov Bobir Fasixitdinovichning “XX–XXI asr boshlarida O‘zbekiston zargarlik maktablarining mahalliy xususiyatlari” mavzusidagi 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati ixtisosligida San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqotlarda tarixiy-ijtimoiy voqealar ta’sirida zargarlik san’atidagi lokal jarayonlarini, zeb-ziynat buyumlarini yaratish texnologiyasiga oid xususiyatlarni belgilash, qadriyatlarni, milliy o‘zlikni saqlab qolish, jamiyatning ma’naviy madaniyatini yanada yuksaltirish kabi jarayonlarga nisbatan ta’sirini tadqiq etishga katta e’tibor qaratilayotgani, yurtimizda so‘nggi yillarda san’atshunoslar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda zargarlik san’atining rivojlanishiga ta’sir etayotgan muhim omillar va san’atshunoslikda yechimini kutayotgan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish uchun  belgilab o‘tildi.

Ilmiy seminarda qizg‘in davom etgan savol-javoblar, munozaralar, takliflarga ko‘ra  tadqiqotchi bir ovozdan keyingi bosqichga o‘tishga tavsiya etildi.