⚡️BIZNING FAXRLI YOSHLAR!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida nafaqat ijodiy iste’dodga ega yoshlar balki, ilmiy tadqiqot faoliyatida ham izlanish olib borayotgan iste’dodli yoshlar talaygina. San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “Muzey menejmenti va madaniy turizm” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ozoda Saloyeva tanlagan mutaxassisligi sir-asrorlarini o‘rganish bilan bir qatorda, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash maqsadida bir qator ilmiy maqolalarini nash ettirib kelmoqda. Xususan, 2022-2023 o‘quv yili mobaynida Ozodaning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari  xalqaro miqyosda OAK ro‘yxatiga olingan, impact faktorli jurnallarda chop etildi. Talabamizning ilmiy rahbari – Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti o‘qituvchisi, fakultet Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Hasanova Feruza Rahmonaliyevna.