DILGA YAQIN DIYDORLASHUV

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida “Talabalar oqshomi” ma’naviy-ma’rifiy kechalari davom etadi. Kuni kecha Amaliy san’at fakulteti dekan o‘rinbosari Ozod Saidov, tyutor Mehriddin Sharopovlar tomonidan “Bahoringiz bilan, bahorim” mavzusidagi badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabasi, maqom bo‘yicha xalqaro tanlovlar g‘olibi Akmaljon Tursunboyev ishtirok etdi.