Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻzda tutilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 12-mart kuni Toshkent shahar Turkiston sanʼat saroyida “RESEARCH AND PUBLICATION” markazi tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasida Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va taʼmirlash) mutaxassisligi 3-bosqich talabasi Sabohat To‘lqunova ishtirok etib, “ILM-FAN TASHABBUSKORI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq bilan iste’dodli talabamizni muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy va ilmiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!