Muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova mazkur ko’rgazma bejizga aynan mazkur muzeyda tashkil etilmayotgani, zeroki, ijodkor o‘z asarlarida nafaqat falsafiy mavzularni, shu bilan birga tarixiy mavzularni ham mahorat bilan yoritganini alohida ta’kidlab, ijodkorni va oila a’zolarini, shuningdek, san’at ixlosmandlarini mazkur ko‘rgazmaning ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi. Ko‘rgazmada rassomning vaqt hayot to‘qnashuvlari, taqdirning dramatik ko‘rinishlari aks etgan 30 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etilayotgan bo‘lib, har bir asarda ijodkor ma’lum bir fikr, holat va hikmatlarni turli xil simvollar orqali ifoda etgan. Eng muhimi har bir tomoshabin ushbu asarlarni ko‘rish orqali o‘z ong-u tasavvuridagi insonni ko‘rishi mumkin.