RASMIY MUNOSABAT!

Ijtimoiy tarmoqlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti xodimlari talabalarni ularning erkiga zid ravishda Referendumda qatnashishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 


Bunday xabarlar asossiz boʻlib, ovoz berish jarayonlarini fotosuratlarga olish boʻyicha institut maʼsul xodimlari tomonidan topshiriq berilmagan hamda ushbu taxlitdagi yondashuvlarni institut rahbariyati keskin qoralaydi va ishonchli manbalarga tayangan holda asosli xabarlarni tarqatishingizni soʻraydi.


Qonunchiligimizga asoslanib har bir fuqaro bu kabi siyosiy tadbirlarda ishtirok etish huquqidan erkin va ixtiyoriy tarzda foydalanishi mumkin. Shu sababdan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati barcha masʼul xodimlarni qonunchiligimizdagi mazkur talablardan xabardor etgan va ularga qatʼiy rioya etilmoqda. 


Institutda  talabalarning Referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy shaklda oʻtkazilmoqda.


MRDI Matbuot xizmati