“Dastgoh va kitob grafikasi” mutaxassisligi magistranti Dilafruz QARSHIBOYEVA:

Bugungi kun mening hayotimda unutilmas kunlardan biriga aylandi. Ilmiy faoliyatdagi yana bir mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdim. Magistr darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishim va uning amaliy qismini himoya qilar ekanman, meni qo‘llab-quvvatlagan barcha ustozlarimizga, do‘stlarimizga tashakkur bildiraman. Shuni alohida ta’kidlashim o‘rinliki, magistratura bosqichida tahsil olish mobaynida har tomonlama biz yoshlarga ko‘mak va maslahatlar bergan hamda bugungi himoya jarayonlarimizni o‘zgacha shukuhda o‘tishida o‘z hissasini qo‘shgan Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ma’mura Umarxodjaevadan cheksiz minnatdormiz.

🎓 Magistrlik darajasiga sazovor bo‘layotgan yoshlarimizni samimiy muborakbod etgan holda ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!