Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan ayol professor-o‘qituvchilari va xodimalar o‘rtasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostidagi Basketbol sport musobaqasi tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.
Musobaqaning saralash o‘yini natijalariga ko‘ra institutning San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Endi navbat – FINAL o‘yiniga!
Joriy yilning 23-may sanasida bo‘lib o‘tadigan Final o‘yinida institutning g‘olib jamoasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Barcha sportsevarlarni shiddatli final o‘yinida kutib qolamiz!